Kirish Ro'yxatdan o'tish

Argentina terma jamoasi murabbiyi Messining o‘ziga xos fazilati haqida gapirib berdi

Argentina terma jamoasi murabbiyi Messining o‘ziga xos fazilati haqida gapirib berdi

Baho:
+1 | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni o‘z faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Lionel Messi haqida fikr bildirdi. «Inter Mayami» hujumchisi «albiseleste»ning mundial uchun yakuniy tarkibiga kiritildi. Eslatib o‘tamiz, argentinaliklar 17 iyun kuni guruh bosqichining birinchi turida Jazoir terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

«Messining atrofdagilarga ta’sirini so‘z bilan tushuntirish qiyin. Men bu haqda bir soatlab gapirishim mumkin, ammo buni tushunish uchun o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz kerak. U kiyinish xonasiga yoki zalga kirganda hosil bo‘ladigan energetika – bu juda noyob narsa», — deya Skalonining so‘zlarini keltiradi «Diario Ole».

Qayd etish joizki, 24 iyun kuni Lionel Messi 39 yoshga to‘ladi.

Kiritildi: 12:38, 03.06.2026.
O'qildi: 337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик