«Manchester Siti» klubining qanot hujumchisi Savio Londonning «Tottenxem» jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda «O Globo» nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, braziliyalik vinger Roberto De Dzerbi jamoasining yozgi transfer oynasidagi bosh maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi. Hozircha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar dastlabki bosqichda. «Shaharliklar» 22 yoshli hujumchi uchun taxminan 70 million yevro so‘rashi kutilmoqda.
Bundan oldinroq Savioning o‘zi ham «shporlar» lageriga o‘tishga tayyor ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
2025/2026 yilgi mavsumda Savinyo barcha turnirlarda jami 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Vingerning «Manchester Siti» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.













