Ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola «Liverpul» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanganiga izoh berdi.
«Qizillar» 43 yoshli mutaxassis jamoaga kelib qo‘shilganini payshanba, 4 iyun kuni e’lon qilishdi. Iraola «Liverpul»da Arne Slotning o‘rnini egalladi.
«Men juda hayajondaman. Siz «Liverpul»ni yaxshi bilasiz, uning ulkan klub, dunyodagi eng buyuklardan biri ekanligidan xabardorsiz. Bu klub sizni o‘ziga jalb qilishi uchun ko‘p sabablar qidirish shart emas. «Liverpul» — bu «Liverpul». Muhit, muxlislar, klub, top-futbolchilarga murabbiylik qilish va sovrinlar uchun kurashish imkoniyati — menimcha, bundan jozibaliroq hech narsa bo‘lishi mumkin emas. Bunga o‘xshashini topish qiyin. Shu bosh sababli ish boshlashni intiqlik bilan kutyapman», — deya Iraolaning so‘zlarini keltiradi «Liverpul» matbuot xizmati.
Iraolaning so‘nggi ish joyi «Bornmut» klubi bo‘lib, u yerni 2025/26 yilgi mavsum yakunida tark etgan edi. U shuningdek, Ispaniyaning «Rayo Valyekano», «Mirandes» va Kiprning AYEK klublarini ham boshqargan.













