Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» hujum chizig‘i uchun yangi futbolchi tanladi

«Manchester Yunayted» hujum chizig‘i uchun yangi futbolchi tanladi

Baho:
+ | -

Germaniyaning «Xoffenxaym» klubida to‘p surayotgan Kot-d'Ivuarlik vinger Bazuman Ture faoliyatini tumanli Albionda davom ettirishi mumkin.

Africafoot jurnalistlarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» klubi 20 yoshli hujumkor yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Afrikalik futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi, uning amaldagi mehnat shartnomasi esa 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq matbuotda «Liverpul» klubi ham Bazumanga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yakunlangan mavsumda Ture «Xoffenxaym» safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Vinger o‘z hisobiga 5 ta gol va 12 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 11:12, 05.06.2026.
O'qildi: 1172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик