Jahon chempionati–2026ga tayyorgarlik doirasida AQSH va Germaniya milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Chikago shahridagi «Soljer Fild» stadionida kechgan bahs Germaniya terma jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 2-daqiqasida Kay Havers hisobni ochib, nemislarni oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada Entoni Robinson AQSHning javob golini kiritdi. 57-daqiqada esa Leroy Sane Germaniyaning g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 guruh bosqichida Germaniya YE guruhida Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvador terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
AQSH terma jamoasi esa musobaqa mezbonlaridan biri sifatida Jahon chempionatida ishtirok etadi. Amerikaliklar D guruhida Paragvay, Avstraliya va Turkiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.













