Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nevill: «Biz uchun ancha qiyin bo‘lishi mumkin»

Nevill: «Biz uchun ancha qiyin bo‘lishi mumkin»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Nevill jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi istiqbollari haqida gapirdi.

«Angliya masalasiga kelganda men doim optimistman. Men doim "biz g‘alaba qozona olamiz" deb aytadigan insonman. Biroq bu safar nimadir menga biz uchun ancha qiyin bo‘lishi mumkinligini aytmoqda», — deya Nevillning so‘zlarini keltiradi The Sun.

Angliya terma jamoasi o‘z tarixida atigi bir marta 1966 yilda Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi mundialda esa jamoa chorak final bosqichigacha yetib borgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni start oladigan bo‘lajak mundialning guruh bosqichida inglizlar Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Kiritildi: 20:43, 07.06.2026.
O'qildi: 390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик