Kirish Ro'yxatdan o'tish

Daniya terma jamoasi Eriksenning hozirgi holati haqida ma’lumot berdi

Daniya terma jamoasi Eriksenning hozirgi holati haqida ma’lumot berdi

Baho:
+2 | -

Daniya terma jamoasi shifokori Morten Boyesen milliy jamoa yarim himoyachisi Kristian Eriksenning sog‘lig‘i borasidagi so‘nggi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. «Volfsburg» klubi futbolchisining ahvoli haqidagi xabar Daniya futbol ittifoqining ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilindi.

Shanba kuni 34 yoshli yarim himoyachi Ukraina terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi paytida hushini yo‘qotgan edi.

«Bugun ertalab Eriksen bilan gaplashdim. Uning ahvoli yaxshi. U oilasi davrasida va kayfiyati a’lo darajada. Tez orada unga shifoxonadan javob berilishini va u uyiga qayta olishini kutmoqdamiz», — dedi shifokor.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Yevropa chempionatida yuz bergan xuddi shunday holatdan so‘ng Eriksenga kardiostimulyator (yurak urishini nazorat qiluvchi qurilma) o‘rnatilgan edi.

Kiritildi: 17:12, 08.06.2026.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик