Kirish Ro'yxatdan o'tish

JCH-2026 reytingi: ESPN turnirning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi

JCH-2026 reytingi: ESPN turnirning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi

Baho:
+ | -

ESPN nashri 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan eng kuchli 50 ta futbolchining reytingini chop etdi. Bu ro‘yxat o‘yinchilarning so‘nggi mavsumlardagi klub miqyosidagi sport formasi va jamoa natijalariga ko‘rsatgan umumiy ta’siri asosida tuzilgan.

Maqola muallifining ta’kidlashicha, ushbu reyting turnirdagi natijalar taxmini emas, balki jahon chempionati starti oldidan futbolchilarning ayni paytdagi darajasini aks ettiradi. O‘yinchilar shartli ravishda yettita toifaga ajratilgan — «g‘olib jamoalarning potensial yulduzlari»dan tortib, elita darajasidagi ikkinchi plan vakillari va universal yetakchilargacha.

Reytingni Fransiya terma jamoasi a’zosi Usmon Dembele boshqarib turibdi. Ikkinchi o‘rinni Ispaniya terma jamoasidan Lamin Yamal egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni yana bir fransuz — Maykl Olise yakunlab bergan.

Shuningdek, kuchli o‘nlikdan (Top-10) quyidagi futbolchilar joy oldi:

  • Xarri Keyn (Angliya)

  • Brunu Fernandesh (Portugaliya)

  • Pedri (Ispaniya)

  • Vilyam Saliba (Fransiya)

  • Rafinya Dias (Braziliya)

  • Bukayo Saka (Angliya)

  • Martin Edegor (Norvegiya)

Dembelening birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilishiga uning universalligi, har ikki oyoqda birdek yaxshi o‘ynashi, murabbiy Luis Enrike qo‘l ostida pressing borasida o‘sishga erishgani va «PSJ» o‘yiniga ko‘rsatayotgan katta ta’siri sabab bo‘lgani alohida qayd etilgan.

Kilian Mbappe (Fransiya), Erling Xoland (Norvegiya), Lionel Messi (Argentina) va Jud Bellingem (Angliya) esa ikkinchi toifaga kiritildi. Muallifning fikricha, ushbu toifadagi futbolchilarni ideal jamoaviy tuzilmaga moslashtirish biroz murakkab hisoblanadi.

Kiritildi: 07:04, 09.06.2026.
O'qildi: 181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик