Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Jahon chempionatlarida sabr qila olish qobiliyati haqida fikr bildirdi.
“Men ishtirok etgan ikkita Jahon chempionatida ijtimoiy jihatdan o‘zimni noqulay his qilgan paytlarim bo‘lgan, chunki sen 60 kun davomida tashqi dunyodan uzilib qolasan. Ammo agar bu oson bo‘lganida, hamma Jahon chempionatida o‘ynagan bo‘lardi.
Biz kamchilikning bir qismi ekanligimizni bilamiz — bu biz hech qachon unutmasligimiz kerak bo‘lgan maqomdir, biz uni yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham qabul qilishimiz shart. Tarixga kirish uchun sabr qilish va azoblarga tayyor turish kerak.
Biz buni bir marta uddalaganmiz [JCH-2018da g‘olib bo‘lganmiz], ikkinchi marta ham bunga juda yaqin kelgandik [2022 yilda], shuning uchun buni qanday qilishni bilamiz. Lekin har bir jamoa turnirga tarixga kirish g‘oyasi bilan boradi, biroq hech qaysi jamoa bizdan ko‘ra g‘alabaga chanqoqroq bo‘lmasligi kerak”, — dedi Mbappe.













