Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Barselona» futbolchisi Kasado yangi klub tanladi

«Barselona» futbolchisi Kasado yangi klub tanladi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubining 22 yoshli yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini boshqa bir Ispaniya klubida davom ettirishga qat’iy qaror qilgan.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Kasado doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida Madridning «Atletiko» klubiga o‘tish niyatida. «Matraschilar»ning sport rahbariyati Kasadoni tarkibni kuchaytirish uchun ideal variant deb hisoblamoqda, biroq jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeone hozircha ushbu transferga rasman rozilik bergani yo‘q.

«Barselona» rahbariyati Kasadoni 25-30 million yevro evaziga sotishga tayyor. Qayd etish lozimki, «Atletiko» yarim himoyachi uchun kurashayotgan yagona da’vogar emas. Futbolchining xizmatlariga, shuningdek, «Manchester Yunayted», «Bayer», «Al-Hilol» va «Monako» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Yakunlangan mavsumda Kasado barcha musobaqalarda jami 34 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 13:18, 15.06.2026.
O'qildi: 483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик