Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Ronaldo Vinisius va Rafinyaning Braziliya terma jamoasidagi roli haqida gapirdi

Ronaldo Vinisius va Rafinyaning Braziliya terma jamoasidagi roli haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Vinisius va Rafinyaning milliy jamoadagi roli haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bizda yaxshi jamoa bor, o‘z klublariga foyda keltirayotgan yaxshi futbolchilar yetarli. Biroq ular klublaridagi kabi natijalarni ko‘rsatishlari uchun milliy terma jamoaga ham yaxshi moslashishlari kerak, shunday emasmu?

Biz Vinisiusning «Real» uchun qanchalik muhimligini ko‘rib turibmiz. Terma jamoada ham undan xuddi shunday o‘yin kutamiz va uning o‘zi ham juda harakat qilmoqda. Ba’zida o‘xshamayapti. Shuning uchun biroz sabr qilish kerak.

Raqibga qachon hujum qilish, qachon ortga chekinish, pas uzatish, yana bo‘sh hudud yaratib, hujum uchun imkoniyatni ko‘ra bilish kerakligini tushunish lozim. Hujum qilish uchun to‘g‘ri paytni bilish zarur.

Ammo bu ikkisi asosiy futbolchilar ekanligi mantiqan to‘g‘ri, shunday emasmi? Shu sababli muxlislar ulardan natija talab qilishadi», – dedi Ronaldo.

Kiritildi: 18:08, 16.06.2026.
O'qildi: 1007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик