Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

Deniz Undav 36 yillik jahon chempionati rekordini takrorladi

Deniz Undav 36 yillik jahon chempionati rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Deniz Undav jahon chempionatlari tarixidagi 36 yillik rekordni takrorladi.

Opta Analyst ma’lumotiga ko‘ra, Undav 1966 yildan buyon bir mundialda zaxiradan maydonga tushib eng ko‘p samarali harakat amalga oshirgan futbolchilardan biriga aylandi. Bu natijaga ilk bor 1990 yilgi jahon chempionatida kamerunlik afsona Roje Milla erishgan edi.

JCH-2026 E guruhi 2-turida Kot-d'Ivuarga qarshi bahsda (2:1) zaxiradan maydonga tushgan Undav dubl muallifi bo‘lib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniyaning turnirdagi birinchi uchrashuvida ham Undav zaxiradan maydonga utshib, bitta gol hamda ikkita golli uzatma muallifi bo‘lgan edi.

Shu tariqa, ikki turdan keyin Deniz Undav zaxiradan maydonga tushib 5 ta samarali harakat (3 gol va 2 assist) qayd etdi va Roje Millaning rekordini takrorladi.

Ikki turdan keyin Germaniya terma jamoasi 6 ochko bilan E guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Kot-d'Ivuar esa 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:21, 21.06.2026.
O'qildi: 2784 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик