Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

JCH—2026: AQSH Eron terma jamoasi uchun o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilmaydi

JCH—2026: AQSH Eron terma jamoasi uchun o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilmaydi

Baho:
+ | -

AQSH hukumati Eron milliy terma jamoasining Jahon chempionati doirasidagi Los-Anjeles va Sietl shaharlarida o‘tadigan o‘yinlari uchun joriy qilingan cheklovlarini yumshatish niyatida emas. Eron tomoni ushbu holat bo‘yicha FIFA’ga shikoyat qilishini aytgan bo‘lsa-da, mezbon mamlakatning turnir bo‘yicha yuqori martabali rasmiysi qoidalar o‘zgarishsiz qolishini tasdiqladi.

Reuters nashrining xabar berishicha, Oq uyning Jahon chempionati bo‘yicha tezkor ishchi guruhi ijrochi direktori Endryu Juliani 20 iyun, shanba kuni AQSH Eron tarkibining sayohat rejasini kuzatishda davom etishini, biroq hozircha dastlabki reja o‘z kuchida qolishini ma’lum qilgan.

Eronliklar amaldagi qat’iy cheklovlardan keskin norozi. Unga ko‘ra, terma jamoa o‘yin o‘tkaziladigan hududga uchrashuvdan maksimal 24 soat oldin yetib kelishi va o‘yin yakunlanishi bilanoq to‘g‘ridan to‘g‘ri Meksikaning Tixuana shahridagi bazasiga qaytib ketishi shart.  21 iyun, yakshanba kuni Los-Anjelesda Belgiya terma jamoasiga qarshi kechadigan bahsda ham aynan shu protokoli amal qiladi. Eron terma jamoasi o‘yindan taxminan 24 soat oldin, shanba oqshomida shaharga yetib kelishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Eron hamda Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 21 iyundan 22 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:46, 21.06.2026.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик