Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

«Napoli» himoyachisini yo‘qotishi mumkin

«Napoli» himoyachisini yo‘qotishi mumkin

Baho:
+ | -

«Napoli»ning markaziy himoyachisi Rafa Marin yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

«Napoli» ispaniyalik futbolchini 2024 yilda «Real»dan 12 million yevro evaziga sotib olgan edi. O‘tgan yozda himoyachi «Vilyarreal»ga ijaraga yo‘l oldi va yakunlangan mavsumni o‘sha yerda o‘tkazdi.

Ispaniya klubi tarkibida Marin barcha turnirlarni hisobga olganda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Xabar qilinishicha, ijara muddati yakunlangach, «Vilyarreal» 24 yoshli Marinni «Napoli»dan to‘liq sotib olishi mumkin. Ayni paytda «Transfermarkt» ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil qilmoqda.

Kiritildi: 14:57, 23.06.2026.
O'qildi: 783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик