Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Xulian Alvaresning "Barselona"ga o‘tishni istayotganining 4 ta asosiy sababi ma’lum bo‘ldi

Xulian Alvaresning "Barselona"ga o‘tishni istayotganining 4 ta asosiy sababi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares "Barselona"ga o‘tish fikrida qat’iy turibdi.

Mundo Deportivo nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik futbolchining faoliyatini aynan Kataloniya klubida davom ettirishni istayotganiga to‘rtta sabab bor:

  • Alvares yana sovrinlar yutishni xohlaydi.

  • Hujumchi Diyego Simeonening himoyaviy o‘yin uslubidan asta-sekin hafsalasi pir bo‘lgan.

  • Forvard hujumkor futbolda o‘ynashni istaydi va bu uslubda ancha ko‘proq gol ura olishiga ishonadi.

  • Shuningdek, Xulian Pedri, Frenki de Yong, Fermin Lopes, Dani Olmo, Rafinya va Lamin Yamal kabi dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan birga to‘p surishni xohlaydi.

Aynan shu sabablar tufayli "Barselona"ga o‘tish Alvares uchun yagona ustuvor vazifa va orzu hisoblanadi.

Kiritildi: 18:53, 25.06.2026.
O'qildi: 1759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик