O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev Jahon chempionati-2026dagi ishtirok va musobaqa bilan xayrlashish haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
— Natijaga qaramay, jahon chempionatida o‘ynash orzuingiz ushaldi, deyish mumkinmi?
— Ha, jahon chempionatida o‘ynadik. Lekin buning o‘zi yetarli emas. Men g‘alaba qozonishni xohlayman. Buni uddalay olmadik. Hozir juda charchaganman. Umid qilamanki, keyingi jahon chempionatiga ham chiqamiz va u yerda g‘alabalarga erishamiz.
— Jamoa bundan yaxshiroq o‘ynay olarmidi yoki bu maksimal imkoniyat edi?
— Yo‘q, bu bizning maksimumimiz emas. Biz nimalarga qodir ekanimizni bilaman. Biz yaxshi futbol ko‘rsata olamiz. Bu yerda aynan shu jihat yetishmadi, — dedi Fayzullayev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati-2026 guruh bosqichidagi uchala uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchrab, to‘plar nisbatini 2:11 ko‘rinishida yakunladi.













