Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Skoulz Tuxelga maslahat berdi

Skoulz Tuxelga maslahat berdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining o‘tmishdagi mashhur yarim himoyachisi Pol Skoulz bo‘lajak Kongo Demokratik Respublikasiga (Kongo DR) qarshi o‘yin uchun tarkib tanlovi borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Ushbu uchrashuv 1 iyul kuni Jahon chempionatining 1/16 finali doirasida bo‘lib o‘tadi.

«Angliya maydonga ikkita «toza» tayanch yarim himoyachisi bilan tushmasligi kerak. Kongo DR terma jamoasiga bo‘lgan barcha hurmatimni saqlagan holda aytamanki, bunday o‘yinlarda imkon qadar ko‘proq hujumkor futbolchilarni tushirish lozim. Nazarimda, bu Deklan Rays va Elliot Anderson o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlovdir va men Andersonni tanlagan bo‘lardim — u to‘pni oldinga tez-tez uzatib turadi.

Raysning «Arsenal»dagi o‘yiniga e’tibor qarating. U ajoyib futbolchi, haqiqiy yetakchi, ammo «Arsenal» ham o‘tgan mavsumda u qadar dahshatli o‘yin ko‘rsatmadi-ku, to‘g‘rimi? Rays Edegorni o‘yinga jalb qilishda ancha qiynaldi va endi xuddi shu muammo Angliya terma jamoasiga ham ko‘chib o‘tdi. Anderson bilan esa bunday holat takrorlanmaydi deb o‘ylayman», — deya Skoulzning «The Good, The Bad & The Football» podkastidagi so‘zlarini keltiradi matbuot.

Angliya va Kongo DR o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 19:36, 29.06.2026.
O'qildi: 759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик