Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Kilian, bizni kechir». Internetda Mbappedan uzr so‘rash bo‘yicha petisiya boshlandi

«Kilian, bizni kechir». Internetda Mbappedan uzr so‘rash bo‘yicha petisiya boshlandi

Baho:
+2 | -2

Fransiya terma jamoasi sardori va hujumchisi Kilian Mbappega bag‘ishlangan «Kilian, bizni kechir» nomli sayt ishga tushirildi.

Saytning bosh sahifasida quyidagi murojaat joylashtirilgan:

«Kilian, bizni kechir. Fransiya senga nisbatan nohaq yo‘l tutdi. Biz sendan shubhalandik, tanqid qildik, noshukrlik qildik. Endi esa barchasini to‘g‘rilash vaqti keldi».

Loyiha mualliflari hujumchiga ishonmagan barcha muxlislarni «tavba qilish» va petisiyani imzolashga chaqirmoqda. Ayni paytga qadar ushbu tashabbusni 16 mingdan ortiq kishi qo‘llab-quvvatlagan.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, yig‘ilgan imzolar «Milliy kechirimning katta kitobi»ga jamlanadi va ushbu maxsus nashr shaxsan Kilian Mbappega topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil may oyida internetda Mbappeni Madridning «Real» klubidan haydash talab qilingan petisiya ham paydo bo‘lgan edi. Bunga jamoa kiyinish xonasidagi muhitni izdan chiqargani haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda Mbappe Fransiya terma jamoasi bilan Jahon chempionati–2026da ishtirok etmoqda. U musobaqada oltita gol urgan bo‘lib, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi bilan birgalikda to‘purarlar ro‘yxatida peshqadam bo‘lib turibdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 17:34, 02.07.2026.
O'qildi: 8498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик