Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 01:00 Barselona 3-0 Aston Villa
04/11 01:00 Feyenoord 0-3 Inter
04/11 01:00 Bude-Glimt 0-0 Lill
04/11 01:00 LASK 4-0 Slovan
04/11 01:00 Man. Yunayted 3-2 Roma
04/11 01:00 Vilyarreal 0-6 PSJ
04/11 01:00 Atletiko 0-2 Bavariya
04/11 15:00 Poxang Stilers 3-3 Gamba Osaka
04/11 15:15 Buriram Yunayted 0-0 Kashima Antlers
04/11 18:45 Arkadag‘ 1-0 Gol Gohar
04/11 21:00 Al-Vahda 1-2 Xolidiya
04/11 22:00 Kuvayt SK 2-3 Nasaf
04/11 22:45 AYEK 2-3 Real Madrid
04/11 22:45 Fenerbaxche 3-2 Liverpul
05/11 01:00 RB Leypsig 2-3 Manchester Siti
05/11 01:00 Slaviya 1-2 Arsenal
05/11 01:00 PSV 1-2 Bryugge
05/11 01:00 Borussiya D 2-1 Betis
05/11 01:00 Portu 4-1 Napoli
05/11 01:00 Lans 1-9 Komo
05/11 01:00 Viking 4-1 Sabah
05/11 18:30 Bunyodkor - Xorazm
06/11 18:30 So‘g‘diyona - Dinamo

Shirer Virs va Germaniya terma jamoasini tanqid qildi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer Germaniya terma jamoasi va «Liverpul» klubi yarim himoyachisi Florian Virsni nemislar JCH-2026dan chiqib ketganidan so‘ng qattiq tanqid qildi. Ekspertning ta’kidlashicha, 23 yoshli xavbek eng hal qiluvchi pallalarda o‘zini ko‘rsata olmagan.

«Qog‘ozda ularning nomlari va mahorati bor edi, lekin ular maydonda buni ko‘rsata olishmadi. Sanega qarang — eng yaxshi mavsumi emas. Jarima maydonchasida kuch bag‘ishlash uchun maydonga tushirishga majbur bo‘lingan Undav. Virs «Liverpul»da juda yomon mavsumni o‘tkazdi va bu jahon chempionatida ham o‘zining haqiqiy darajasini namoyish eta olmadi. Ularda klass bor deb aytish mumkin, lekin aslida hech qanday klass ko‘rinmadi. Biz ularning Kyurasao darvozasiga yettita gol urganini ko‘rdik — mayli, bu ajoyib. Ammo vaziyat haqiqatan ham jiddiy tus olganda, sifatdan asar ham qolmadi», — deya Shirerning so‘zlarini keltiradi Daily Mirror nashri.

Germaniya jahon chempionatlari tarixida ilk bor penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchradi. Musobaqaning 1/16 finalida Paragvayga imkoniyatni boy bergan (1:1, penaltilar bo‘yicha — 3:4) nemislar turnirni erta tark etishdi. Virs ushbu bahsda Kay Xaversga golli uzatma yetkazib berdi, ammo bu yakunda jamoani qutqarib qolish uchun yetarli bo‘lmadi.

Kiritildi: 15:58, 30.06.2026.
O'qildi: 911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик