Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Belgiya terma jamoasi murabbiyi Senegal ustidan qozonilgan irodali g‘alaba haqida fikr bildirdi

Belgiya terma jamoasi murabbiyi Senegal ustidan qozonilgan irodali g‘alaba haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya Jahon chempionatining 1/16 finalida Senegal terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2) haqida gapirdi.

Yevropa jamoasi 86-daqiqagacha 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi, biroq muvozanatni tiklab, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib o‘tdi. G‘alaba to‘pini 125-daqiqada penaltidan Yuri Tilemans kiritdi.

«Futbolda agar ishonsang, hamma narsaning iloji bor. Men avval ham aytganman, bu jamoaning kuchi, jumladan, zahira o‘rindig‘ida hamdir. Faqat o‘n bitta futbolchi bilan natijaga erishib bo‘lmaydi.

O‘yin oxiriga kelib raqiblar diqqatni yo‘qotishdi. Ular 2:0 hisobini saqlab qolmoqchi bo‘lishdi, bu esa, mening fikrimcha, katta xato edi. Bu bizga ishonch bag‘ishladi. Chunki hisob 1:2 bo‘lganida, o‘yin oqimi o‘zgardi. Shundan so‘ng biz hisobni tenglashtirdik va yakunda mana shu haqqoniy berilgan penaltini golga aylantirganimiz yaxshi bo‘ldi», – dedi Garsiya.

Kiritildi: 07:27, 02.07.2026.
O'qildi: 772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик