Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 0-0 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 0-0 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Kabo-Verde posboni Vozinya dunyodagi eng mashhur darvozabonga aylandi

Kabo-Verde posboni Vozinya dunyodagi eng mashhur darvozabonga aylandi

Baho:
+3 | -

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya Instagram ijtimoiy tarmog‘ida obunachilar soni bo‘yicha o‘z ampluasidagi futbolchilar orasida birinchi o‘ringa chiqdi.

Jahon chempionati 1/16 finalida Argentina terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan (qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng 2:3) keyin Vozinyaning akkauntiga 22,3 million kishi obuna bo‘ldi. Avvaliga u 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan darvozabonlar orasida rekord o‘rnatib, Belgiya terma jamoasi posboni Tibo Kurtuaning (18 million) natijasini ortda qoldirdi. Shundan so‘ng faoliyatini yakunlagan darvozabonlar ham hisobga olingan umumiy reytingda Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Iker Kasilyasni (20,4 million) ham ortda qoldirib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Turnir boshlanishidan oldin afrikalik futbolchining akkauntiga qariyb 50 ming kishi obuna bo‘lgan edi. Uning auditoriyasi guruh bosqichidagi Ispaniyaga qarshi ilk o‘yindan (0:0) so‘ng keskin osha boshladi. Aynan shu uchrashuvdan keyin Vozinyaga 10 milliondan ortiq yangi obunachi qo‘shildi.

40 yoshli Vozinya Portugaliya ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi “Shavish” klubi sharafini himoya qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning transfer qiymati 50 ming yevroga baholanadi. U faoliyati davomida Portugaliyaning “Jil Visente”, Moldovaning “Zimbru”, Kiprning “AEL” hamda Slovakiyaning “Trenchin” klublarida ham o‘ynagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:16, 05.07.2026.
O'qildi: 895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик