Jahon futboli afsonasi Ronaldo JCH-2026 dan chiqib ketganidan so‘ng Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti va jamoaning bosh yulduzi Vinisius Juniorni tanqid qildi.
«Terma jamoaning muvaffaqiyatsizligi murabbiylar shtabining noto‘g‘ri qarorlari oqibati bo‘ldi. Anchelotti bu o‘yinda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi. Vinisius ham bunday natija uchun javob berishi kerak. Ushbu turnirda u kutilganlarni oqlay olmadi va hamma o‘rganib qolgan o‘yin darajasini ko‘rsata olmadi», — deya «so‘yloq»ning so‘zlarini keltiradi Le Parisien.
Jahon chempionatining 1/8 finalida Braziliya Norvegiyadan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. «Selesao» oxirgi 36 yil ichida ilk bor mundialning chorak finaliga chiqa olmadi.













