Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Tonali: «Tottenxem» bilan shartnoma imzolashim kerakligini darhol tushundim»

Tonali: «Tottenxem» bilan shartnoma imzolashim kerakligini darhol tushundim»

Baho:
+ | -

«Tottenxem»ning yangi a’zosi Sandro Tonali «Nyukasl»dan londonliklar safiga o‘tgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bundan oldin «shporlar» matbuot xizmati 26 yoshli futbolchining transferini rasman e’lon qilgan edi.

«Bu yerda ekanimdan juda xursandman. Bugun bu yerga kelganimda uzoq vaqt davomida ajoyib tuyg‘ularni his qildim. Bosh murabbiy bilan deyarli ikki soat davomida klub, muxlislar, stadion va o‘yin uslubimiz haqida gaplashdik. Bu xuddi ertakka o‘xshardi. «Tottenxem» bilan shartnoma imzolashim kerakligini darhol anglab yetdim. Ilgari «Tottenxem»ga qarshi bir necha bor o‘ynaganman va stadiondagi ajoyib muhitni doim his qilganman. Mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutyapman», — deya Tonalining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Tottenxem» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab, elitada qolishni uddalagan edi.

Kiritildi: 15:34, 06.07.2026.
O'qildi: 380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик