Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Soboslai «Oltin to‘p» haqida: «Albatta, men uni orzu qilaman, lekin ovoz berish jarayoni doim ham mavsumdagi yutuqlarni aks ettirmaydi»

Soboslai «Oltin to‘p» haqida: «Albatta, men uni orzu qilaman, lekin ovoz berish jarayoni doim ham mavsumdagi yutuqlarni aks ettirmaydi»

Baho:
+ | -

«Liverpul» va Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai «Oltin to‘p» mukofotiga bo‘lgan munosabati haqida gapirib berdi.

– Nimalarni orzu qilasiz?

– To‘g‘risini aytsam, bolaligimda doim Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni orzu qilardim, chamamda, Premyer-ligadan ham ko‘proq. Lekin mana, APLda g‘olib chiqishga ulgurganimdan keyin, uni yana bir bor yutishni juda ham xohlayman — 2025 yilda boshdan kechirganlarimiz shunchaki aql bovar qilmas darajada edi.

– Qizig‘i shundaki, siz «Oltin to‘p» haqida gapirmaydigan kamsonli zamonaviy futbolchilardan birisiz.

– Albatta, bu ham bir orzu. Ammo, balki bu haqda gapirmasligimning sababi, ovoz berish jarayoni har doim ham mavsum davomidagi yutuqlaringni to‘liq aks ettirmaydigandek tuyulishidadir.

2018 yilda «Real» bilan Chempionlar ligasini va terma jamoasi bilan Jahon chempionatini yutgan Rafael Varan kabi futbolchi «Oltin to‘p»ni olmaganini ko‘rganimda, Vengriya terma jamoasi bilan g‘olib chiqmasdan turib, menga bu mukofotni qo‘lga kiritish juda qiyin bo‘lishini tushunaman (kuladi).

Erling Xoland bilan ham xuddi shunday vaziyat bo‘ldi: u 2023 yilda «Manchester Siti» bilan hamma sovrinni qo‘lga kiritdi, barcha mumkin bo‘lgan sermahsullik rekordlarini yangiladi, lekin baribir mukofotni ololmadi.

– Ammo toq yillarda top-terma jamoalarda o‘ynamaydigan, lekin chempion klublar safida bo‘lgan futbolchilarda baribir real imkoniyat paydo bo‘ladi.

– Ha, bu haqiqat. «Oltin to‘p» odatda qachon topshiriladi? Oktyabr oyida, to‘g‘rimi? Unda oktyabr ortidan 2027 yilda ko‘rishamiz (kuladi).

Kiritildi: 15:39, 11.07.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик