Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays Norvegiya terma jamoasi sharafini himoya qiluvchi klubdoshi Martin Edegor haqida gapirdi. JCH-2026 chorak finali doirasidagi bahsda britanlar skandinaviyaliklar ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
«Biz boshqa-boshqa terma jamoalarda o‘ynasak ham, «Arsenal»da klubdoshmiz. Edegor — mening kapitanim. Bunday uchrashuvlarda yutqazish qanchalik alamli ekanini juda yaxshi bilaman. Bahs yakunlanganidan so‘ng uning oldiga borib, dalda berdim. Jamoadoshlar mana shunday yo‘l tutishlari kerak», — deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Arsenal News.
Yarim finalda Angliya terma jamoasi Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv chorshanba kuni, 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.













