Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

«MYU» Reshfordning transferini avgust oyiga qadar yakunlamoqchi

«MYU» Reshfordning transferini avgust oyiga qadar yakunlamoqchi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» futbol klubi hujumchi Markus Reshfordning transferi bilan bog‘liq masalani yaqin haftalar ichida hal etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Sun nashri jurnalisti Sem Lakxerst xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, klub rahbariyati futbolchining transfer jarayonlarini joriy yilning avgust oyida Irlandiya poytaxti Dublin shahrida boshlanishi ko‘zda tutilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga qadar to‘liq yakunlashni maqsad qilgan.

Qayd etilishicha, jamoa murabbiylar shtabi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan mazkur yig‘in boshlanishidan avval tarkib bilan bog‘liq noaniqliklarga barham berish va asosiy e’tiborni bo‘lajak musobaqalarga qaratishni lozim topmoqda.

Kiritildi: 16:42, 12.07.2026.
O'qildi: 338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик