Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Messi JCH-2026 pley-off bosqichidagi ikki o‘yinda jami 10 kilometrdan ortiq masofani "piyoda" bosib o‘tdi

Messi JCH-2026 pley-off bosqichidagi ikki o‘yinda jami 10 kilometrdan ortiq masofani "piyoda" bosib o‘tdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi JCH-2026 doirasida bir o‘yinda besh kilometrdan ortiq masofani piyoda bosib o‘tgan yagona hujumchiga aylandi. Bu haqda Opta Joe X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy turnir davomida bunday holat ikki marta kuzatilgan. 1/16 finalda Kabo-Verdega qarshi kechgan bahsda Messi 5,2 km, Shveysariya bilan o‘yinda esa 5,3 km masofani piyoda bosib o‘tgan.

Yulduz hujumchi JCH-2026 to‘purarlar poygasida sakkizta gol bilan hozircha birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bundan tashqari, u jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi goleador hisoblanadi – futbolchi hisobida 21 ta gol bor.

Argentina terma jamoasi bilan birgalikda hujumchi JCH-2026 yarim finaliga yo‘l oldi. Jahon birinchiligining yarim final bosqichida janubiy amerikaliklar Angliya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da yangraydi.

Kiritildi: 23:59, 13.07.2026.
O'qildi: 486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик