Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Rasman. Bogdan Guskov 10 kundan so‘ng Magomed Ankalayevga qarshi jang qiladi (foto)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / MMA
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov UFC‘dagi navbatdagi jangini sobiq chempion, rossiyalik Magomed Ankalayevga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xalil Rountri jarohati sabab UFC Abu-Dabi turnirining markaziy jangida ishtirok eta olmaydi. Ushbu turnirga 25 iyul kuni “Etihad” arena mezbonlik qiladi.



“Uning o‘rniga yarim og‘ir vazn toifasida UFC reytingining 1-raqamli jangchisi Magomed Ankalayevga qarshi O‘zbekistonning eng yuqori reytingli vakili, divizionning 10-raqamli jangchisi Bogdan Guskov oktagonga chiqadi. Hisobida 18 ta g‘alaba va 18 ta muddatidan avval yakunlangan jang mavjud bo‘lgan Guskov ulardan 13 tasini birinchi raundning o‘zida yakunlagan. O‘zbekistonlik jangchi sobiq chempion Ankalayevga qarshi kechadigan ushbu muhim yarim og‘ir vazn toifasidagi bahsda UFC’dagi ilk “main event” jangida o‘z imkoniyatini namoyish etishga harakat qiladi”, deyiladi xabarda.

Bogdan Guskov oxirgi jangini 2025 yil dekabr oyida UFC 323 turniri doirasida Yan Blaxovichga qarshi o‘tkazgan. Mazkur bahs durang natija bilan yakunlangan. Ular o‘rtasidagi revansh jangi 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turniriga belgilangan. O‘zbekistonlik sportchi UFC promousheni doirasida hozirga qadar jami 6 ta jang o‘tkazib, shulardan 4 tasida g‘alaba qozongan, bittadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan.

Uning navbatdagi raqibi, sobiq chempion Magomed Ankalayev, oxirgi jangini 2025 yil oktyabr oyida o‘tkazgan. U UFC 320 turnirida Aleks Pereyraga qarshi oktagonga chiqib, birinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan va chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Ankalayev faoliyati davomida 24 marta oktagonga chiqib, shularning 20 tasida g‘alaba qozongan, 2 bor mag‘lub bo‘lgan, 1 jangda aynan Yan Blaxovich bilan durang qayd etgan. Uning yana bir jangi natijasi bekor qilingan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:11, 14.07.2026.
O'qildi: 3235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик