Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

JCH-2026: Finalni qaysi hakam boshqarishi ma’lum bo‘ldi

JCH-2026: Finalni qaysi hakam boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

FIFA 19 iyul kuni Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati final uchrashuvi, shuningdek, Angliya hamda Fransiya o‘rtasidagi uchinchi o‘rin uchun bahsni boshqarib boradigan hakamlar nomini ma’lum qildi.

Final: Argentina — Ispaniya
Jahon chempionati final uchrashuviga sloveniyalik Slavko Vinchich bosh hakam etib tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Tomaj Klanchnik va Andraj Kovachich yordam beradi. Iordaniyalik Adham Maxadmeh to‘rtinchi hakam, uning hamyurti Muhammad Alkalaf esa zaxira yordamchi hakami vazifasini bajarishi belgilangan.

Uchinchi o‘rin uchun bahs: Angliya — Fransiya

Fransiya va Angliya o‘rtasidagi uchinchi o‘rin uchun o‘tadigan o‘yinni venesuelalik Xesus Valensuela boshqaradi. Xorxe Urrego va Tulio Moreno unga qanotlarda ko‘maklashadi. Marokashlik Jalol Jayed to‘rtinchi hakam, uning hamyurti Zakariya Brinsi esa zaxira yordamchi hakami sifatida ishlashi tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, ilk yarim finalda Ispaniya Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘llanma olgan edi. Ikkinchi yarim final bahsida esa Argentina Angliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shunday qilib, Argentina hamda Ispaniya o‘rtasidagi hal qiluvchi final bahsi 19 iyuldan 20 iyulga o‘tar kechasi soat 00:00 da bo‘lib o‘tadi. Fransiya hamda Angliya o‘rtasidagi uchinchi o‘rin uchun uchrashuv esa 18 iyuldan 19 iyulga o‘tar kechasi soat 02:00 da start oladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:34, 17.07.2026.
O'qildi: 1456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик