Yarim himoyachi Brunu Fernandesh shu yozda «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin.
Jurnalist Suleyman Rodopning xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» portugaliyalik futbolchini atigi 42 million funt sterlingga sotishga tayyor. Xavbekni o‘z safiga qo‘shib olishga «Galatasaray» qiziqish bildirmoqda. Biroq Turkiya klubi futbolchi so‘rayotgan ish haqini to‘lab berishga qurbi yetmaydi.
Brunu Fernandesh 2020 yilda «Sporting»dan 65 million yevro evaziga «Manchester Yunayted»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «qizil iblislar» safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, to‘qqizta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Fernandeshning qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.













