Ispaniya terma jamoasining sobiq ustozi Visente del Boske bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, ispanlar hozirgacha o‘zlariga teng keladigan raqibga duch kelishgani yo‘q.
«Ispaniya terma jamoasi o‘z darajasi duch kelgan raqiblarinikidan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. U barcha o‘tkazilgan o‘yinlarni nazorat qildi va raqiblariga vaziyatlar yaratishga juda kam imkon berdi. Barcha uchrashuvlar ularning xohishi ostida o‘tdi», - deya del Boske so‘zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, yakuniga yetib borayotgan jahon chempionatining so‘nggi uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













