Yarim himoyachi Fabian Ruis Ispaniya terma jamoasi safida 50-o‘yinini o‘tkazmoqda. Bu Argentinaga qarshi jahon chempionatining final uchrashuvida sodir bo‘lmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, milliy jamoa safidagi avvalgi 49 ta uchrashuvning birortasida ham Ruis mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan – ispanlar 34 ta g‘alaba qozonib, 15 marta durang o‘ynashgan.
Ispaniya terma jamoasining amaldagi mag‘lubiyatsiz seriyasi esa biroz kamroq – 38 ta uchrashuvni tashkil etadi.













