Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

PFL qarori: «Surxon» keyingi «uy» o‘yinini ham raqib maydonida o‘tkazadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 16-turidan o‘rin olgan «Surxon» — «Navbahor» uchrashuvi Termizda emas, Namangan shahridagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi (O‘zPFL) matbuot xizmati xabar berdi.

Tashkilot tomonidan ma’lum qilinishicha, «Surxon» klubi Superliga reglamenti talablariga muvofiq o‘z vaqtida uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadion nomini taqdim etmagan.

Bunday holat ketma-ket ikkinchi bor kuzatilmoqda. Avvalroq 13-turdan o‘rin olgan «Surxon» — «Dinamo» uchrashuvi ham termizliklar stadion masalasini o‘z vaqtida hal qilmagani sababli Samarqanddagi «Dinamo» stadioniga ko‘chirilgan edi. Vaholanki, bunga qadar «Surxon» klubi Termizda raqiblarini qabul qila olmasligi yuzasidan Ligaga rasmiy murojaat yo‘llagan.

«Superliga 16-turidan o‘rin olgan «Surxon» — «Navbahor» uchrashuvi sanasiga 20 kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa-da, «Surxon» hozirga qadar o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazishi lozim bo‘lgan stadion nomini Ligaga taqdim etmadi. Ushbu holat hamda Namangandagi stadion mavsumga tayyor ekanligidan kelib chiqib, Liga uchrashuvni raqib maydonida o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi», — deyiladi PFL xabarida.

Ma’lumot uchun, Termizdagi stadion nima sababdan bunday holatga kelib qolgani PFL tomonidan alohida o‘rganilmoqda. Ayni vaqtda Liganing tegishli mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Termizda bo‘lib turibdi. Tekshiruv xulosalari bo‘yicha keyinroq rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:28, 22.07.2026.
O'qildi: 994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик