«Aston Villa» «PSJ» futbolchisi Ibraim Mbayega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Birmingem klubi Morgan Rojersga o‘rinbosar qidirmoqda va senegallik vingerni ushbu vaziyatdan chiqishning potensial varianti sifatida ko‘rib chiqmoqda. Shu yozda 18 yoshli futbolchi top-klublar e’tiborini tortishga erishdi. Mbayega, shuningdek, «Tottenxem» va «Manchester Siti» ham da’vogarlik qilmoqda.
Mbaye muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida klubini o‘zgartirishi mumkin. Yaqinda futbolchi o‘z agentini o‘zgartirdi — endilikda uning manfaatlarini Xorxe Mendesning kompaniyasi himoya qilmoqda. Transfermarkt portali senegallik futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.













