Erve Renar milliy terma jamoalar bozorida eng xaridorgir murabbiylardan biri bo‘lib qolmoqda. Tunis terma jamoasidagi qisqa muddatli faoliyatidan so‘ng fransuz mutaxassisiga birdaniga bir nechta federasiya tomonidan qiziqish bildirilmoqda, deb xabar beradi Foot Mercato.
Renar uchun eng asosiy da’vogar sifatida Janubiy Koreya ko‘rilmoqda. Mahalliy OAV uni JCH-2026 guruh bosqichidan so‘ng lavozimini tark etgan Xon Myon Bo o‘rnini egallashga eng munosib favorit deb hisoblamoqda.
Shuningdek, fransuz mutaxassisi JAR va Senegal terma jamoalari bosh murabbiyligiga nomzodlar qatoridan joy olgan. Bundan tashqari, Vladimir Petkovich ketgan taqdirda, Jazoir ham uning nomzodini ko‘rib chiqishi mumkin.
Renar o‘z faoliyati davomida ikki marta Afrika millatlari kubogida zafar quchgan — 2012 yilda Zambiya va 2015 yilda Kot-d’Ivuar terma jamoalari bilan.













