Ijtimoiy tarmoqlarda «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamalning sevgilisi — ispaniyalik model Ines Garsianing eski videoroliklari paydo bo‘ldi. Ular tanishguniga qadar yozib olingan ushbu videolarda qiz futbolchini tanqid qilgan va uni boshqa o‘yinchilar bilan solishtirgan.
Model Yamal pulsiz «oddiy migrant» bo‘lishini ta’kidlagan, «Yamal yoki Mbappe?» degan savolga esa: «Bellingem», — deb javob bergan.
«Agar unda shuhrat va pul bo‘lmaganida, Niki Nikol (Yamalning sobiq sevgilisi) unga hatto e’tibor ham qaratmagan bo‘lardi. Agar vaqtni orqaga qaytarsak va u pulsiz oddiy migrant bo‘lib qolganida, qiz uni payqagan bo‘larmidi? Ochig‘ini aytsam, o‘zim ham uning o‘rnida bo‘lganimda Yamalni tanlamasdim!» — deydi Garsianing so‘zlarini keltirgan The Times of India.
Ines Garsia bu roliklarni ispaniyalik futbolchi bilan tanishguniga qadar ancha oldin yozib olgan, biroq muxlislar ularni endi topib olishdi. Qayd etilishicha, Yamal bilan tanishgunga qadar Garsia boshqa erkak bilan besh yil davomida uchrashib yurgan. Lamin unga ilk bor qiziqish bildirganidan ikki hafta o‘tib, u avvalgi munosabatlariga chek qo‘ygan.













