Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Davide Anchelotti «PSJ»dagi faoliyatini yodga oldi: «Otam Ibrahimovich va Tyago Silva kelayotganini aytganida ishonmagandim»

Davide Anchelotti «PSJ»dagi faoliyatini yodga oldi: «Otam Ibrahimovich va Tyago Silva kelayotganini aytganida ishonmagandim»

Baho:
+ | -

«Lill» bosh murabbiyi Davide Anchelotti «PSJ»dagi faoliyatini yodga olib, Qatar egalari qo‘l ostida klubning o‘zgarishi unutilmas tajriba bo‘lganini ta’kidladi.

Afsonaviy murabbiy Karlo Anchelottining o‘g‘li L'Equipe nashriga bergan intervyusida 2011–2013 yillarda otasining murabbiylar shtabi a’zosi sifatida «PSJ»da o‘tkazgan davrini yodga oldi. O‘sha vaqtda Parij klubi Yevropaning eng kuchli tarkiblaridan birini shakllantirishni boshlagan edi.

Davide Avstriyadagi mavsumlaroo yig‘in paytida bo‘lib o‘tgan unutilmas suhbatni oshkor qildi.

«Otam menga: “Biz Zlatan Ibrahimovich bilan shartnoma imzolaymiz”, dedi. Men: “Ishonib bo‘lmaydi”, dedim. So‘ng u: “Tyago Silva ham kelmoqda”, deb qo‘shib qo‘ydi. Bu aqlga sig‘mas darajada edi, ko‘zlarimga ishona olmasdim», — deya yodga oladi u.

Ushbu shov-shuvli transferlarga qaramay, Anchelotti muvaffaqiyat bir zumda kelmaganini tan oldi.

«Hamma Parij juda osonlik bilan g‘alaba qozonadi deb o‘ylagan edi, ammo jamoaga bir-biriga ko‘nikib ketishi uchun vaqt kerak edi. Bundan tashqari, boshqa klublarni ham hurmat qilish lozim, chunki bu darajada hamma futbol o‘ynashni biladi», — dedi Davide.

Hozirda «Lill»da murabbiylik faoliyatini boshlagan Anchelotti o‘sha tajribalar hamon uning murabbiy sifatida shakllanishiga ta’sir qilayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 15:26, 26.07.2026.
O'qildi: 1049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик