Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Viktor Osimxen to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda «Galatasaroy» rahbariyatini keskin tanqid qildi

Viktor Osimxen to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda «Galatasaroy» rahbariyatini keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen ijtimoiy tarmoqlardan biridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir paytida klub rahbariyatini keskin tanqid ostiga oldi.

«Uch oydan beri maosh olmayapman. Agar men bo‘lmaganimda, dunyoda hech kim «Galatasaroy»ni tanimas edi. Agar pulimni to‘lamasangiz, ketaman», — dedi nigeriyalik forvard.

Osimxenning transfer qiymati 75 million yevroga baholanmoqda. O‘tgan klub mavsumidagi 33 ta o‘yinda futbolchi 22 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bir yil oldin u «Napoli»dan «Galatasaray»ga 75 million yevro evaziga o‘tgan edi. Bungacha u «Lill», «Sharlerua» va «Volfsburg» klublarida to‘p surgan. Turkiya klubiga to‘liq o‘tishdan oldin u deyarli bir yil davomida jamoada ijara asosida o‘ynagan.

Kiritildi: 12:57, 27.07.2026.
O'qildi: 1454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик