O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Italiyaning «Milan» klubi Chempionlar ligasiga chiqa olmay, o‘z ishqibozlarini xafa qilgan edi. Ammo Yevropa Ligasi ham klub uchun jozibador va muhim maqsad hisoblanadi, dedi klub himoyachisi Mattia Gabbiya.
«Jerri Kardinale — juda ambisiyali inson va u bizdan mutlaqo boshqa darajada o‘yin ko‘rsatishni talab qilmoqda. Yevropa Ligasi biz uchun ortiqcha yuk yoki ballast emas, balki g‘alaba qozonishni istayotgan muhim turnirimizdir. Biz may oyigacha ushbu musobaqada zafar quchish holatida bo‘lishimiz kerak», — deydi Gabbiyaning so‘zlarini Corriere dello Sport.
Ma’lumot uchun, «Milan» ilgari hech qachon Yevropa Ligasida yoki undan oldingi UYEFA Kubogida g‘olib chiqmagan. Ammo «rossoneri»lar o‘z tarixida rosa 7 marotaba Chempionlar kubogi/ligasini boshi ustida baland ko‘tarishgan.













