Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/10 00:45 Roma 4-2 Kalyari
28/10 00:45 Torino 1-3 Komo
28/10 15:00 Gamba Osaka 1-1 Buriram Yunayted
28/10 15:00 Kashima Antlers 3-0 Poxang Stilers
28/10 17:15 Persib 2-0 Melburn Viktori
28/10 17:15 Kong-Vittel 0-5 Seul
28/10 18:45 Nasaf 0-1 Kuvayt SK
28/10 18:45 Gol Gohar 0-0 Arkadag'
28/10 21:00 Al-Jaziyra - Al-Muharraq
28/10 21:00 An-Nahda - Ar-Rayyan
28/10 22:30 Milan 2-4 Bolonya
28/10 22:30 Parma 0-0 Udineze
28/10 22:30 Venetsiya 0-2 Inter
28/10 23:15 Xolidiya - Al-Vahda
28/10 23:15 Al-Faysaliy - At-Ta'vun
29/10 00:45 Jenoa 2-0 Yuventus
29/10 00:45 Monsa 1-4 Napoli
29/10 22:30 Frozinone - Lechche
30/10 00:45 Fiorentina - Atalanta

FIFA 14 avgustga qadar Jahon chempionatini 64 ta jamoagacha kengaytirish masalasini hal qiladi

FIFA 14 avgustga qadar Jahon chempionatini 64 ta jamoagacha kengaytirish masalasini hal qiladi

Baho:
+ | -1

FIFA avgust oyi o‘rtalariga qadar Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48 tadan 64 ta terma jamoagacha oshirish borasida yakuniy to‘xtamga kelishni mo‘ljallamoqda.

Bu haqda tashkilot hujjatlariga tayangan holda The Times reportyori Martin Sigler xabar berdi.

«So‘nggi yangiliklar. Bu shunchaki aqlga sig‘maydi. Kecha FIFA Jahon chempionatini 64 ta jamoagacha kengaytirish ehtimoli haqida yo‘riqnoma e’lon qildi — qaror 14 avgustga qadar qabul qilinadi.

Bundan eng ko‘p kim manfaatdor ekani juda qiziq... Ehtimol, xususiy investorlardir...» — deb yozdi Sigler X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida.

Shuningdek, jurnalist FIFAning Jahon chempionatiga bo‘lgan huquqlarning bir qismini xususiy investorlarga sotish rejalari haqidagi ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi.

«Agentlikni jalb qilish bo‘yicha qaror 14 avgustgacha qabul qilinadi, shundan so‘ng agentlikda tahlilni yakunlash uchun 4 hafta vaqt bo‘ladi — 19 sentyabrga qadar muddat beriladi, toki assosiasiyalar Jahon chempionatidagi ulushni sotish uchun ovoz berishsin», — deya xabar berdi Sigler.

Kiritildi: 18:09, 31.07.2026.
O'qildi: 1405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик