Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Mudrik «Chelsi» tarkibiga qaytmoqda

Mudrik «Chelsi» tarkibiga qaytmoqda

Baho:
+1 | -

Vinger Mixail Mudrik doping iste’mol qilganlik ayblovi bekor qilinganidan so‘ng «Chelsi» tarkibiga qaytmoqda. London klubi ushbu masala bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

«Yakuniy qaror Mudrikning zudlik bilan futbolga qaytishiga imkon berganidan juda xursandmiz. Biz uni har doim qo‘llab-quvvatlab kelganmiz.

Ilmiy hisobot standartlarining rivojlanishi va yanada ishonchli test usullari tufayli, agar Mishaning namunasi hozirgi texnik talablarga muvofiq tahlil qilinganida, u ijobiy deb topilmas edi va antidoping qoidalari buzilishi yuz bermasdi, degan fakt e’tirof etilganini olqishlaymiz», — deyiladi klub bayonotida.

Shuningdek, «Chelsi» Mudrikning hech qachon taqiqlangan moddalarni qasddan qabul qilmagani haqidagi bayonotlariga alohida e’tibor qaratdi.

Endilikda 25 yoshli Mixail Mudrik mashg‘ulotlarga qaytishi va optimal sport formasini tiklash jarayonini boshlashi mumkin. U oxirgi marta «Chelsi» safida 2024 yilning noyabr oyida maydonga tushgan edi.

Kiritildi: 20:26, 31.07.2026.
O'qildi: 1205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик