Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

"Trabzonspor" Saloh bilan kelishuvga erishganligi haqidagi xabarlarni rad etdi

"Trabzonspor" Saloh bilan kelishuvga erishganligi haqidagi xabarlarni rad etdi

Baho:
+ | -

Internetda Misr terma jamoasi va "Liverpul"ning sobiq hujumchisi Muhammad Saloh Turkiyaning "Trabzonspor" klubi bilan kelishuvga erishganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Fotomaç 34 yoshli hujumchiga yiliga 17 million yevro maosh va bonuslar bilan ikki yillik shartnoma taklif qilinganini xabar qildi. Saloh kelasi haftada rasmiy shartnoma imzolash uchun Trabzonga borishi aytilgan edi.

Biroq, "Trabzonspor" prezidenti Ertug‘rul Dogan bu ma’lumotni rad etdi. Klub prezidenti Saloh bilan hech qanday kelishuvga erishilmaganligini va uning Trabzonga tashrifi rejalashtirilmaganligini ta’kidladi.

BeIN Sports xabariga ko‘ra, "Trabzonspor" potensial transferni tasdiqlamagan bo‘lsa-da, klub vakillari allaqachon Salohning agenti bilan dastlabki aloqa o‘rnatgan. Manba shuningdek, ikki yillik shartnoma va forma savdosining ma’lum foizi haqidagi xabarlar yolg‘on ekanligini ta’kidlaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, "Liverpul" Muhammad Salahning 2025/26 yilgi mavsum oxirida ketishini rasman e’lon qildi.

Kiritildi: 22:31, 02.08.2026.
O'qildi: 935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик