Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius «Real»dagi kelajagini hal qilish uchun Madridga qaytdi

Vinisius «Real»dagi kelajagini hal qilish uchun Madridga qaytdi

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Vinisius Junior yaqin kunlarda yangi shartnoma borasida madridliklar rahbariyati bilan hal qiluvchi muzokaralarni o‘tkazadi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 2 avgust kuni kechqurun Madridga qaytib keldi va bugundan e’tiboran bosh murabbiy Joze Mourinyo qo‘l ostida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Vinisius dastlab jamoa ustozi bilan uchrashadi, shundan so‘ng klub rahbariyati bilan muzokaralar stoliga o‘tiradi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi tugashiga yana 11 oy qolgan. «Real» o‘z yetakchilaridan birini saqlab qolmoqchi, biroq o‘yinchining talablariga muvofiq oxirgi taklifning moliyaviy shartlarini yaxshilashga tayyor emas.

AS nashrining ta’kidlashicha, agar tomonlar yangi bitim bo‘yicha kelisha olishmasa, Madrid klubi kelajakda futbolchini tekinga boy bermaslik uchun uni joriy transfer oynasidayoq sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda Vinisius «Real» safida barcha turnirlarda 22 ta gol urdi. Ilgariroq braziliyalik futbolchini Londonning «Arsenal» klubi o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 08:50, 03.08.2026.
O'qildi: 1439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик