Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

“Trabzonspor” Eldor Shomurodov uchun bir futbolchisini va pul taklif qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Haber61 nashri xabariga ko‘ra, Shomurodovga “Trabzonspor” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Trabzonspor” klubi bosh murabbiyi Fotih Takka o‘zbekistonlik hujumchining o‘yin uslubini va turli sxemalarga tez moslashishini yuqori baholagan. Murabbiy Shomurodovdan markazda yagona hujumchi sifatida ham, ikki hujumchili uslubda ham samarali foydalanishni maqsad qilgan. Eldorning oldingi chiziqda jamoani bog‘lab bera olishi, tinimsiz harakati va maydonning turli nuqtalarida o‘ynay olishi murabbiylar e’tiborini tortgan.

Xabarlarga ko‘ra, “Trabzonspor” Shomurodovni olish evaziga “Bashakshehir”ga Batista Mendini va yana qo‘shimcha mablag‘ bermoqchi. Biroq hozircha klublar o‘rtasidagi muzokaralarda biror jiddiy o‘zgarish yo‘q.

“Bashakshehir” o‘tgan mavsumda jamoaning muhim to‘purarlaridan biriga aylangan hujumchi uchun ancha katta pul so‘ramoqda. Shunday bo‘lsa-da, Istanbul klubi Yevropa musobaqalaridan chiqib ketgani va jamoada hujumchilar yetarlicha ekanligi inobatga olinsa, yaqin kunlarda tomonlar kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda hujumchi barcha turnirlar doirasida jami 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:27, 03.08.2026.
O'qildi: 5714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик