«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi o‘rmon yong‘inlaridan jabr ko‘rgan Ispaniyaning Syerra-Oeste-de-Madrid tumaniga yordam berish uchun pul xayriya qildi.
Bu haqda Madrid avtonom jamiyati prezidenti Isabel Dias Ayuso ma’lum qildi.
«Leo Messi Syerra-Oeste-de-Madridni qayta tiklash uchun 80 000 yevro xayriya qildi.
Unga minnatdorchilik bildirmoqchiman va madridliklar uni loyiq bo‘lganidek olqishlash uchun kelishini kutayotganini aytmoqchiman», – deb yozdi Isabel Dias Ayuso.













