Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Flik va Yamal yulduz o‘yinchini «Barselona»ga taklif qilishdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yaqin orada yirik transferni amalga oshirishi mumkin. Kataloniyaliklar yarim himoyachi Rodrini o‘z saflariga qo‘shib olish kurashida «Real»ni ortda qoldirmoqchi. The Touchline nashrining Sport jurnalisti Karlos Monfortga tayanib xabar berishicha, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rodriga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, «ko‘k-anorranglilar» loyihasini tushuntirgan va xavbekni klubga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilgan.

Qayd etilishicha, ushbu qo‘ng‘iroq vaziyatni o‘zgartirdi: Rodri «Real» bilan muzokaralarda siljish bo‘lmaganidan so‘ng, endilikda «Barselona»ga o‘tish variantiga ochiq.

Rodri bilan klub haqida «Barselona» futbolchilari, jumladan Lamin Yamal ham gaplashgan. O‘yinchilar 30 yoshli xavbekni «Kamp Nou»ga ko‘chib o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqirishgan.

Hozirda Rodri barcha variantlarni chamalab ko‘rmoqda. «Barselona» esa bitimning moliyaviy masalalarini hal qilishga o‘tishdan oldin aniq javob olishni istaydi.

Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:29, 06.08.2026.
O'qildi: 6006 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик