Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Arteta Nvaneri ijaradan so‘ng qanday o‘zgarganini aytdi

Arteta Nvaneri ijaradan so‘ng qanday o‘zgarganini aytdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Itan Nvanerining ijaradan qaytganidan keyingi holati haqida fikr bildirdi.

19 yoshli futbolchi «Marsel»dagi ijara muddatini yakunlab, o‘z klubi safiga qaytdi. Angliyalik iqtidorli yarim himoyachi «Arsenal»ning mavsumoldi tayyorgarligi doirasidagi barcha uchrashuvlarida ishtirok etdi.

«Itan o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Ha, ehtimol, uning ijaraga ketishi kutilganidek natija bermagandir. Ammo o‘sha paytda «Marsel» atrofida juda ko‘p shov-shuv bor edi, klubda o‘zgarishlar kechayotgandi. Shunga qaramay, hozir Nvaneri ancha yetuk futbolchi bo‘lib ko‘rinmoqda — u juda foydali tajriba orttirdi.

Yarim yil davomida xorijda, yolg‘iz va murakkab sharoitda yashash — futbolning bir qismi. Agar sen yetarlicha yaxshi futbolchi bo‘lsang, bunday vaziyatlarni yengib o‘tishni ham bilishing kerak. Itanning mavsumoldi tayyorgarligida ko‘rsatgan o‘yinidan mamnunman», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Konnor Xamm.

Yakshanba kuni «Arsenal» Angliya Superkubogi uchun «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:25, 13.08.2026.
O'qildi: 554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик