Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Glasner: «Bu biz uchun juda yaxshi test bo‘ldi»

Glasner: «Bu biz uchun juda yaxshi test bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» bosh murabbiyi Oliver Glasner o‘rtoqlik o‘yinida «Bayer» ustidan qozonilgan g‘alabani (2:1) izohladi.

«Bu biz uchun juda yaxshi test bo‘ldi. Murilyo o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi, Xadson-Odoi maydonda harakat qildi va ikkinchi bo‘limning so‘nggi 30 daqiqasida o‘yinni haqiqatdan ham nazorat qilganimizdan juda mamnun bo‘ldim.

Biz bir nechta ajoyib vaziyatlar yaratdik va yaxshi o‘ynadik. Mening uchun eng yaxshi ko‘rgan narsam — bu g‘alaba qozonishni xohlaganimiz va g‘alaba qozonish mentalitetini ko‘rsatganimiz edi.

«Siti Graund»dagi birinchi o‘yinim? Bu ajoyib tajriba bo‘ldi, menga juda yoqdi. Bu yerda juda ko‘p bolalar bor edi va ular ajoyib muhit yaratishdi. O‘yindan oldin mening badanimda murashkalar yugurdi, keyin esa bu shunchaki o‘rtoqlik o‘yini ekanini o‘yladim.

Bu yerda juda ko‘p hissiyotlar bor edi va biz bundan haqiqatdan ham zavq oldik, shuning uchun bu birinchi o‘yindagi qo‘llab-quvvatlash uchun rahmat aytmoqchiman, ammo bizni hali uzoq yo‘l kutib turibdi», — deya avstriyalik murabbiyning so‘zlarini keltiradi BBC.

22 avgust kuni «Nottingem Forest» 2026/27 yilgi Angliya chempionati 1-turi doirasida o‘z maydonida «Lids»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 17:02, 13.08.2026.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик