Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali so‘nggi 10 mavsum davomida yangi futbolchilarni sotib olish uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan Ispaniya La Ligasining top-10 klubi reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatda «Barselona» yetakchilik qilmoqda — kataloniyaliklar oxirgi 10 yil ichida yangi futbolchilarni sotib olish uchun 1,4 milliard yevro sarflashgan. Ikkinchi o‘rinni 1,3 milliard yevro xarajat bilan «Atletiko» Madrid egallagan bo‘lsa, «Real Madrid» 1,28 milliard yevro ko‘rsatkich bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi.
La Liga klublarining so‘nggi 10 mavsumdagi xarajatlari top-10ligi:
-
«Barselona» — € 1,4 mlrd
-
«Atletiko» Madrid — € 1,3 mlrd
-
«Real» Madrid — € 1,28 mlrd
-
«Sevilya» — € 555 mln
-
«Vilyarreal» — € 472 mln
-
«Betis» — € 365 mln
-
«Valensiya» — € 332 mln
-
«Real Sosyedad» — € 226 mln
-
«Almeriya» — € 184 mln
-
«Selta» — € 178 mln.













