Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

"Galatasaroy" APLdan o‘yinchi olmoqchi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" qanot hujumchisi Ismaila Sarr "Galatasaroy" qiziqishlari doirasida turibdi. Turkiya klubi senegallik futbolchining transferi bo‘yicha "burgutlar"ga rasmiy taklif yuborgan. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Sarr Istanbul klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilishga tayyor. Biroq "Kristal Pelas"ning pozisiyasi sabab transfer amalga oshishi ehtimoli hozircha past baholanmoqda. Angliya klubi vingerni jamoaning asosiy futbolchilaridan biri deb hisoblaydi.

O‘tgan mavsumda 28 yoshli hujumchi barcha musobaqalar doirasida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Ismaila Sarrning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 21:54, 19.08.2026.
O'qildi: 1107 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик